Istanbulda sodir bo`lgan zilzila natijasida 34 kishi yaralandi, 473ta binoga shikast etdi. Bu haqda RIA novosti xabar qildi.
"Zilzila oqibatida yaralangan 34 kishidan 10 nafari kasalxonada davolanishni davom ettirmoqda, 24 kishiga javob berildi. Zilziladan so`ng 188ta aftershok qayd etildi, ularning eng kuchlisi 4,1 ballga teng bo`ldi", - deb ma`lum qildi Turkiya vise-prezidenti Fuat O`qtay.
Evropa O`rtaer dengizi seysmologiya markazining ma`lumot berishicha, payshanba kuni Turkiya g`arbida 5,9 balli zilzila sodir bo`ldi. Zilzila epimarkazi Istanbuldan 68 kilometr g`arbda joylashgan.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo`g`an zilzila oqibatida sakkiz kishi engil jarohat olganini ma`lum qilgandi.






