AsosiyJamiyat

YXHT Bosh kotibi so`z erkinligini ta`minlash bo`yicha O`zbekistonda ko`rilayotgan choralar haqida fikr bildirdi

'YXHT Bosh kotibi so`z erkinligini ta`minlash bo`yicha O`zbekistonda ko`rilayotgan choralar haqida fikr bildirdi'ning rasmi

2019-yilning 24-sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Nyu-York shahrida Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger bilan uchrashdi.

Bo`lib o`tgan suhbat chog`ida ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga sodiqlik tasdiqlandi.

YXHT Bosh kotibi so`z erkinligini ta`minlash bo`yicha O`zbekistonda ko`rilayotgan choralarni yuqori baholadi.

Tomas Greminger dekabr oyidagi bo`lajak parlament saylovini xalqaro demokratik standartlarga to`liq mos ravishda shaffoflikni ta`minlagan holda va adolatli o`tkazish bo`yicha O`zbekiston rahbariyatining sa`y-harakatlarini olqishladi. YXHT Bosh kotibi Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byuro mamlakatga xalqaro kuzatuvchilar sifatida birinchi marta to`laqonli delegasiyani jo`natishga tayyor ekanligini xaabr qildi.

Uchrashuvda O`zbekiston va YXHT o`rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash bilan bog`liq boshqa masalalar ham ko`rib chiqildi.

    Boshqa yangiliklar