22 yoshli Armanistonlik Satenik Kazaryan noma`lum va g`ayritabiiy kasallikdan aziyat chekmoqda. Bu haqda Mir24 telekanali xabar berdi.
Ayol bemorning ko`z yoshlari o`rnida kristallar paydo bo`lmoqda. Bu jarayon esa unga qattiq azob beryapti. Har kuni ertalab ayol ko`zlarida o`tkir kristallar vujudga keladi. So`nggi ikki oyda Satenik Kazaryan ushbu holatga ko`nikib qoldi. Hozircha mahalliy shifokorlar bu holatga aniq tashxis qo`ya olishmayapti. Bemor ko`z yoshi o`rnida kuniga 30 ga yaqin kristal vujudga kelmoqda. Ayni damda mamlakat sog`liqni saqlash vazirligi vakillari bu holatni o`rganishmoqda.
Mazkur jarayonda aniq tashxis qo`yilishi va zaruriy davolash amaliyotining belgilanishi, xuddi shu kabi darddan aziyat chekayotgan Braziliya va Livanlik bemorlarning ham darddan forig` bo`lishiga yordam berishi mumkin. G`arb mutaxassislari bu sistinoz – ya`ni aminokislot metabolizmi tug`ma buzilishi natijasidainson a`zo va to`qimalarida sistin kristallarining vujudga kelishi bilan bog`lashmoqda.






