AsosiyJinoyat

"Qizimni o`ldirishni menga shayton buyurdi". Namanganda ikki chaqaloqni derazadan uloqtirgan ayol qilmishi haqida gapirdi

'"Qizimni o`ldirishni menga shayton buyurdi". Namanganda ikki chaqaloqni derazadan uloqtirgan ayol qilmishi haqida gapirdi'ning rasmi

9 sentyabr kuni Namangan tumani tibbiyot birlashmasining tug`ruq kompleksi ikkinchi qavati derazasidan ikki chaqaloq uloqtirilgani, bu qilmish chaqaloqlardan birining onasi bo`lgan 23 yoshli D.X. ismli ayol tomonidan sodir etilgani haqida xabar bor.

Bosh prokuratura axborotida D.X. o`z chaqalog`ining oyoqlari notekis (nuqsonli) tug`ilganidan achchiqlanib, uni derazadan uloqtirgani ta`kidlangan edi. Bu D.X.ning uchinchi homiladorligi edi — birinchisi tushib qolgan, ikkinchisida esa homila 37 haftaligida, kesarcha kesish yo`li bilan, nogironlik bilan tug`ilgan.

"Qizingiz nega bunday qildi?", degan savolga D.X.ning onasi: "Qizimning ichiga shayton kirib olgan", deb javob bergan. Qotil onaning o`zi ham saytlarning biriga bergan savoliga taxminan shunday javob bergan.

"Ko`zimga nuqul shayton ko`rinadi. Menga u qizimni o`ldirish, uni derazadan uloqtirish haqida buyruq berdi. Endi esa menga nuqul o`zimni o`ldirishim kerakligi haqida gapirmoqda", — deb aytgan D.X..

    Boshqa yangiliklar