AsosiyJamiyat

​Turkiya O`zbekiston avtotashuvchilari uchun 30 kunlik vizasiz tartib joriy etdi

'​Turkiya O`zbekiston avtotashuvchilari uchun 30 kunlik vizasiz tartib joriy etdi'ning rasmi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an o`zbek avtotashuvchilari uchun 30 kunga kirish vizasini bekor qilish to`g`risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasi prezidentining Turkiya Respublikasiga tashrifi chog`ida 2017 yil 25 oktyabr kuni imzolangan Yo`lovchi va yuklarni avtomobillarda xalqaro tashuvlar to`g`risidagi hukumatlararo bitimni amalga oshirish doirasida Turkiya hukumati tomonidan O`zbekiston avtotashuvchilari uchun Turkiyaga 30 kun muddatga vizasiz kirish tartibi joriy qilindi.

Turkiya prezidenti 9 may kuni tegishli qarorga imzo chekdi va u 2019 yilning 10 mayidan kuchga kirdi.

    Boshqa yangiliklar