AsosiyJamiyat

​Nurotada 19ta oilaga bepul uy-joylar topshirildi

'​Nurotada 19ta oilaga bepul uy-joylar topshirildi'ning rasmi

Navoiy viloyati Nurota tumanida kam taminlangan, nogiron va mehnatga layoqatlilik darajasi cheklangan fuqarolarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularning turar-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida o`n to`qqiz oilaga bepul uy-joylar topshirildi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri yozmoqda.

- Bugun mening hayotimda unutilmas kun bo`ldi, - deydi 2-guruh nogironi Nurullo Fayziev. - Bir necha yillar davomida uy-joydan qiynalib yurgan edim, mana bugun Yurtboshimiz g`amxo`rligi tufayli barcha shart shart-sharoitlarga ega bo`lgan yangi uy-joyning kalitini topshirishdi.

Shuningdek, tadbirda nogironligi mavjud xonadon sohiblariga muborak kunlar munosabati bilan izzat-ikrom ko`rsatildi.

    Boshqa yangiliklar