AsosiyDunyo

Shimoliy Makedoniyaning yangi prezidenti qasamyod qabul qildi (Video)

'Shimoliy Makedoniyaning yangi prezidenti qasamyod qabul qildi (Video) 'ning rasmi

Shimoliy Makedoniya prezidenti etib saylangan Stevo Pendarovski o`z lavozimiga rasman kirishish uchun qasamyod qabul qildi, deya xabar qildi Gazeta.ru nashri.

Bir hafta avval o`tkazilgan saylovlarning ikkinchi bosqichida u 52 foiz ovoz to`plab, g`alaba qozongan edi. 56 yoshli Pendarovski mamlakatning beshinchi prezidenti hisoblanadi. U Evropa Ittifoqiga va NATOga qo`shilishni o`zining asosiy vazifasi sifatida ko`rsatmoqda. Shuningdek, yangi dalat rahbari mamlakatni qayta nomlashni qo`llab-quvatlaydi.


Boshqa yangiliklar