AsosiyJamiyat

​"Vaqf" fondi shu kunga qadar ikki milliard so`mga yaqin zakot pullarini tarqatdi

'​"Vaqf" fondi shu kunga qadar ikki milliard so`mga yaqin zakot pullarini tarqatdi'ning rasmi

"Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan Respublika bo`ylab ko`plab hududlarda yirik xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida nogironligi bo`lgan, moddiy jihatdan qiyinchiliklarga duch kelgan insonlarga ko`mak ko`rsatilmoqda. Bu esa Fondimizga ishonib o`zlarining xayriya va zakot mablag`larini o`tkazayotgan saxovatpesha insonlarning ko`magida amalga oshirilmoqda.

Fondga 2018 yil iyun oyidan 2019 yil 1 may sanasiga qadar jami 2 milliard 154 million so`m zakot mablag`lari kelib tushgan bo`lib, shu kunga qadar ushbu mablag`larning 1,8 milliard so`mi 1202 nafar muhtoj insonlarga tarqatilgan. Tarqatilgan mablag`larni hisobga olganda har bir ko`makka muhtoj insonga o`rtacha 1,5 million so`mdan zakot mablag`i tarqatilgan.

Bunda imkon qadar murojaatnomalar xolis shaxslar yordamida o`rganilib, qanchalik muhtojligidan kelib chiqib mablag`lar ajratildi. Ayrim murojaatchilar shariatda belgilangan talablarga javob bermagani uchun zakot mablag`larini berish rad qilindi.

Yuqoridagi hisob-kitoblardan ko`rinib turibdiki, saxovatpesha insonlar tomonidan Fond zakot hisob raqamiga o`tkazilgan zakot pullari o`z haqdorlariga topshirilmoqda.

"Vaqf" xayriya jamoat fondi yurtimiz mo`min-musulmonlarini muqaddas Ramazon oyida ehsonlarni ko`proq qilishga va ulkan ajrlarga ega bo`lishga chaqiradi. Zakot berishni maqsad qilgan bo`lsangiz va haqdor insonlarni topa olmayotgan bo`lsangiz, "Vaqf" fondi sizga Alloh yo`lida ko`mak ko`rsatadi.

"Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar