Xitoyning Chanshu shahrida kung-fu va taekvondo maktabi a`zolari o`rtasida katta mushtlashuv bo`lib o`tdi, deb xabar qildi Bigmir.net nashri.
Mushtlashuv savdo markazida sodir bo`lgan. Ikki mahalliy sport maktabi a`zolari o`z maktablarining reklamasi uchun joy talashishgan va o`rtada katta janjal kelib chiqqan. Ular kelishuvga erishish o`rniga kung-fu yoki taekvondo zo`rligini aniqlamoqchi bo`lishgan ko`rinadi.
Polisiya 25 nafar mushtumzo`rlarni qo`lga olgan. Ammo ikkala maktab ham yakka kurashning qay biri zo`r ekanini aniqlay olishmagan.






