Bugungi kunda O`zbekiston va jahon mamlakatlari o`rtasidaturli sohalarda teng huquqli aloqalar rivojlanib bormoqda. Jumladan Koreya Respublikasi bilan turli yo`nalishlar bilan bir qatorda, sog`liqni saqlash sohasida ham o`zar hamkorlik yo`lga qo`yilgani alohida e`tiborga molik. Bu borada ikki mamlakat rahbarlarining rasmiy tashriflari vaqtidaimzolagan hujjatlar asos bo`lmoqda.
Ayni paytda Buxoro viloyatida ham xorijiy investisiyalarni jalb qilish, jumladan sog`liqni saqlash tizimida koreyalik hamkorlarbilan aloqalarnimustahkamlash,borasida muayyan ishlar bajarilyapti.
–Keyingi paytlarda viloyatimizda turli xorijiy sarmoyadorlar ishtirokidagi korxonalar soni ortib bormoqda, - deydiBuxoro viloyati hokimining Investisiya va turizm masalari bo`yichao`rinbosari Shaxriyorov Botir Zavqiddinovich. – O`tgan yili Koreyaning Ximchan klinikalar tarmog`i rahbariyati bilan Buxoroda mazkur tarmoqning bir bo`limi –“UzXimchan” klinikasini ochish bo`yicha memorandum imzolagan edik. Shaharning markaziy qismida – oldingi Buxoro bank kolleji binosi klinikani qayta qurish uchun ajratildi. 2.9 ming kvadrat-metr maydonga ega bo`lgan ushbu muassasa tez orada foydalanishga topshiriladi.
“Ximchxan” klinikalar tarmog`ibo`g`inlar va umurtqa pog`onalarini davolash bo`yicha Koreyadagi yirik tibbiyot muassasasi bo`lib, Seul, Inchxon, Busan, Chxangvon shaharlarida uning sakkizta klinikasi ishlab turibdi.Tarmoqda100 dan ortiq malakali shifokor, 733 nafar hamshira faoliyat ko`rsatadi.
Mazkur klinikalarda tizza, tovon, tos, elka, tirsak va barmoqlardagi bo`g`inlarda eng murakkab va xavfli operasiyalarni o`tkazishda katta tajriba to`plangan. Shuningdek, bu erda zararlangan suyak va to`qimalar o`rniga sog`lomlarini ko`chirib o`tkazish, sun`iy implantlarni o`rnatish ishlari ham muvaffaqiyatli bajariladi.
–2018 yil mart oyida O`zbekistonda ushbu tarmoqning klinikasini ochish bo`yicha Sog`liqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyat hokimligi bilanmemorandum imzolangan edi, - deydi “Ximchan” klinikalar tarmog`i vise-prezidenti Li Sun Chan. – Joriy yilning iyun oyida 100 o`rinli klinikamiz foydalanishga topshiriladi.Maqsadimiz mijozlarga sifatli tibbiyot xizmati ko`rsatish bilan birga, kam ta`minlangan, og`ir xastalikdan shifo topish uchun mo``jiza kutayotganinsonlargahamimkon qadar yordam berishdan iborat.
Iyun oyida ijtimoiy himoya muhtoj, suyak-bo`g`im kasalliklari bilan og`rigan 13 nafar bemor Koreyaga olib ketiladi va jarrohlik operasiyalari o`tkaziladi.
Ayni paytda O`zbekistonda o`z klinikasini ochishni rejalashtirgan koreyalik investor, “Ximchan” klinikalar tarmog`i rahbariyati xayrli tashabbus bilan chiqdi. Ular ikki yil davomida O`zbekistonda davolanishga moddiy imkoniyati etmaydigan, tizza, son, bel sohalarida, suyak va bo`g`im kasalliklari bilan og`rigan100 nafar bemorni (50 nafari Buxoro viloyatidan, 50 nafari respublikamizning boshqa hududlaridan) Buxorodagi klinikada bepul operasiya qilish taklifini bermoqda. Buning uchun Sog`liqni saqlash vazirligi hamda tegishli hokimliklarning tavsiyanomalari talab qilinadi.
Talabgorlar taqdim qilingan hujjatlarni o`rganish asnosida, klinika vakillari tomonidan saralab olinadi. Bemorlarni Buxoroda davolash imkoni bo`lmaganda, jarrohlik operasiyasi Koreyada o`tkazilishi ko`zda tutilgan. Bunda barcha xarajatlar to`liq koreyalik hamkorlar tomonidan qoplanadi.
Bemorlar batafsil ma`lumot olish uchun +99893 960 32 35 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.
Eslatma: mazkur maqola ijtimoiy-tavsiyaviy xarakterga ega bo`lib, reklama materiali hisoblanmaydi.






