AsosiyJamiyat

​O`zbekistonlik olim Koreyada faxriy professor bo`ldi

'​O`zbekistonlik olim Koreyada faxriy professor bo`ldi'ning rasmi

Koreya Respublikasining agrar sohadagi oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va ularning tajribasini Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallarida joriy etish maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti rektori B.Sulaymonov bir qator uchrashuvlar o`tkazdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Toshkent davlat agrar universiteti Konkuk universiteti bilan 2015 yilda hamkorlik aloqalarini o`rnatgan. Hamkorlik doirasida hozirda Toshkent davlat agrar universiteti va filiallarning 5 nafar talabasi Konkuk universitetining “Chorvachilik”xalqaro magistratura dasturi bo`yicha tahsil olgan. So`nggi 3 yilda Toshkent davlat agrar universiteti va filiallarining 4 nafar o`qituvchilari universitetida qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik, zootexniya yo`nalishlari bo`yicha malaka oshirib qaytdi.

Ayni vaqtda esa delegasiya universitet prezidenti Min Sangi bilan uchrashdi va ikki tomonlama ilmiy-akademik faoliyatni kengaytirish borasida”Yo`l xarita”si imzolandi.Unga ko`ra, universitet bitiruvchilarini ish bilan ta`minlash tizimi ishlab chiqiladi. Shuningdek, KOICA dasturi doirasida Toshkent davlat agrar universitetida “Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va sifatini aniqlash” zamonaviy laboratoriyasi barpo etish bo`yicha kelishib olindi.


photo5375329460355705558.jpg

Tashrif davomida bir qator kelishuvlarga erishildi. “O`simlikshunoslik”, “O`simliklar biotexnologiyasi” bakalavr yo`nalishlari bo`yicha Toshkent davlat agrar universitetida qo`shma ta`lim dasturlarini joriy etish, xalqaro akkreditasiyadan o`tkazish va ikki tomonlama diplom berishni tashkil qilish, KOICA va KOPIA xalqaro tashkilotlari dasturlari doirasida Toshkent davlat agrar universitetida “Erlarni sho`rlanishi va uning unumdorligini aniqlash” loyihasi asosida zamonaviy laboratoriya barpo etish shular sirasidandir.

    Boshqa yangiliklar