AsosiyDunyo

Indoneziyada 30 dan ortiq mahbuslar qamoqxonadan qochishdi

'Indoneziyada 30 dan ortiq mahbuslar qamoqxonadan qochishdi 'ning rasmi

Indoneziyada 30 dan ortiq mahbuslar qamoqxonadan qochishdi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.

Sumatra orolidagi Siak-Sri-Indrapura (Siak Sri Indrapura) shahrida joylashgan qamoqxonadan kamida 34 mahbus qochgan.

Ma`lum bo`lishicha, qamoqxonada isyon ko`tarilib, tartibsizliklar boshlangan. Mahbuslar turma binosini yoqib, toshlar otishgan. Paytdan foydalanganlar esa qochishga ulgurgan.

    Boshqa yangiliklar