AsosiyJamiyat

Olmazorda urush qatnashchilariga ehtirom ko`rsatildi

'Olmazorda urush qatnashchilariga ehtirom ko`rsatildi'ning rasmi

Poytaxtimizning Olmazor tumanida O`zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida River park soy bo`yi sayilgohi tashkil etildi. O`zgacha ko`rinishli bog` 2 kilometrdan ortiq masofani qamrab olgan bo`lib, unda turli davlatlardagi tarixiy yodgorliklari (Eyfel minorasi, Misr ehromlari, qulayotgan minora, Big ben soati, Minorai kalon va boshqalar)ning kichraytirilgan maketlari barpo etilgan.

Yangi ochilgan ushbu sayilgohda 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan general Sobir Rahimov haykali poyiga gul qo`yish marosimi o`tkazildi. Tadbirda mudofaa vazirligi, Olmazor tuman hokimligi xodimlari, bir necha harbiy okrug, soliq inspeksiyasi va boshqa tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida tumanda istiqomat qilayotgan nuroniylar, 13 nafar urush qatnashchilari so`zga chiqib, urush davrlaridagi xotiralari haqida so`zlab berdi. Shuningdek, milliy gvardiya kursantlari harbiy chiqishlar namoyish etdi.

    Boshqa yangiliklar