AsosiyJamiyat

Yuklar nega manziliga etmasdantushirilgani ma`lum bo`ldi

'Yuklar nega manziliga etmasdantushirilgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan yurtimiz ichki hududlariga noqonuniy yo`llar bilan chet davlatlardan olib kelingan tovar-moddiy boyliklar aylanmasiga chek qo`yilmoqda.

Xususan, boshqarmaning Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan tadbir amalga oshirildi. Nukus shahriga yo`nalgan yo`lovchi poezdi kuzatuvga olindi. Natijada, poezd Nukus shahriga etib kelmasdan, “Qorao`zak” temir yo`l bekatida to`xtagan vaqtda, bir guruh fuqarolar har xil yuklarga to`la bo`lgan bir necha sumkalarini poezddan tushirib qolishayotganliklari xodimlar e`tiborini tortdi va shu zahoti fuqarolar tadbir ishtirokchilari tomonidan to`xtatildi.

Shundan so`ng, to`xtatib qolingan fuqarolar olgan yuklar xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, sumkalarda xech qanday hujjatlari bo`lmagan hamda sifati kafolatlanmagan 74,5 million so`mlik oziq-ovqat mahsulotlari va xo`jalikda foydalaniladigan tovarlarni qonunga xilof ravishda yurtimizga olib kelinayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar