AsosiyJamiyat

​Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi ishchi guruhi Andijonda tadbirkorlar bilan uchrashdi

'​Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi ishchi guruhi Andijonda tadbirkorlar bilan uchrashdi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi respublikamiz bo`ylab tadbirkorlik sub`ektlariga turizm sohasidagi imkoniyatlardan keng foydalanishga qaratilgan turkum seminarlar tashkil etmoqda. Joriy yilning 8 may kuni ishchi guruhi Andijon viloyatida bo`ldi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur seminar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-5611-sonli Farmoni hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi “Turizm tarmog`ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4095-sonli Qarori doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subektlariga tushuntirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Qo`mita ishchi guruhi rahbari - Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi o`rinbosari S. Akbarov, ishchi guruhi a`zosi - boshqarma boshlig`i J.Gaziev, ishchi guruhi a`zosi - boshqarma boshlig`i o`rinbosari M.Karimovalar mamlakatimizning turizm sayyohlik salohiyati, sohaga xorijiy tajribaning joriy etilayotgani, yangi metod va texnologiyalarni jalb qilish, sayyohlar oqimini ko`paytirishga doir masalalarni muhokama etishdi.

Seminarda tadbirkorlik subektlari, viloyatda faoliyat ko`rsatayotgan mehmonxonalar vakillari, tur operatorlik firmalari, soliq, bank, sog`liqni saqlash, ta`lim yo`nalishida faoliyat ko`rsatayotgan mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Mazkur uchrashuvlar tasdiqlangan reja-jadval asosida butun respublika bo`ylab davom etmoqda.


    Boshqa yangiliklar