Xitoyning Guanchjou shahri ma`muriyati shahar zooparkidagi yonutlarga ortiqcha emish bermaslikni istimos qildi, deya xabar qildi DailyMail nashri.
Yonutlar hozir parhezga o`tishgan.
Guanchjou hayvonot bog`ida 40 ga yaqin yonutlar yashaydi. Ularning ko`pchiligi hozirda ortiqcha vazndan aziyat chekishmoqda.
Gap shundaki, hayvonot bog`iga keluvchilar jonivorlarga turli shirinliklar beraverishgan. Oqibatda ular tanalarida ortiqcha yog` to`plab, semirib ketishgan. Yonutlar asosan meva va sabzavotlar, tovuq va baliq go`shti iste`mol qiladi. Endilikda ular semirib ketganliklari oqibatida turli kasalliklarga duchor bo`lishi mumkin.






