AsosiyDunyo

Fransiyada 15 ta qo`y maktabga qabul qilindi

'Fransiyada 15 ta qo`y maktabga qabul qilindi 'ning rasmi

Fransiyada boshlang`ich sinflar maktabida g`alati o`quvchilar, ya`ni 15 ta qo`y o`qishga qabul qilindi, deya xabar qilmoqda 360tv.ru nashri.

Gap shundaki, ushbu maktabda o`quvchilar soni etishmas edi. Bu tashabbus ota-onalarning o`zlaridan chiqqan.

Mazkur maktab Fransiyaning Krets-an-Belldon kommunasi, tog`li hududda joylashgan. Aholi punktida 3,3 ming kishi istiqomat qiladi.

“Bu erda bolalar og`ir ahvolda qolgan, xalq ta`limini joylardagi argumentlar emas, raqamlar qiziqtiradi”, deydi maktab o`quvchilari ota-onalar tashkiloti a`zosi Gael Laval.

Bunday tub burilish hech kimga yoqmaganini turgan gap. Aholi “Biz qo`y emasmiz”, “Podani emas, maktabni tartibga soling”, degan plakatlar bilan ko`chalarga namoyishga chiqishgan.

    Boshqa yangiliklar