AsosiyDunyo

Oq kit telefonni suv ostidan olib chiqdi (Video)

'Oq kit telefonni suv ostidan olib chiqdi (Video) 'ning rasmi

Norvegiya sohillarida oq kit suvga tushib ketgan telefonni olib chiqdi, deya xabar bermoqda Ren.tv nashri.

Bir qiz qirg`oq yoniga kelib, kitlarga yaxshiroq razm solmoqchi bo`ladi. Ammo shu payt kutilmaganda mobil telefonini suvga tushirib yuboradi.

Qiz xayolan gajeti bilan xayrlashadi. Shunda oq kit darrov suv ostiga sho`ng`iydi va qizning telefonini bus-butunligicha olib chiqadi.

Hayratga tushgan qiz hatto aqlli kitga minnatdorlik bildirishni ham unutib qo`ydi.

Boshqa yangiliklar