Oltoyning Janubiy Chuy tog` tizmalarida to`qqiz nafar turist qor ko`chkisi ostida qoldi, deya xabar qildi TASS nashri.
Buning oqibatida ularning etti nafari halok bo`lgan. Qolgan ikki kishi esa Qo`shyog`och qishlog`iga arang etib kelgan.
Voqea yuz bergan atrofda qutqaruvchi vertolyot qidiruv ishlarini olib bormoqda.
Tabiiy ofat haqida halokatga uchragan turistlar ogohlantirmagani ma`lum qilinmoqda. Negaki tog` zonasida aloqa vositalar ishdan chiqqan.






