AsosiyJamiyat

O`zbekistonning birinchi mudofaa vaziri Rustam Axmedov Afg`on urushi qurbonlarini yodga oldi

'O`zbekistonning birinchi mudofaa vaziri Rustam Axmedov Afg`on urushi qurbonlarini yodga oldi'ning rasmi

Kecha, 8 may kuni poytaxtimizdagi «Vatanga qasamyod» haykali oldida Qurolli Kuchlar davlat muzeyi hamda «Veteran» jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi bilan hamkorlikda «Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat» shiori ostida Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlangan vatanparvarlik aksiyasi tashkillashtirildi.

Unda mustaqil O`zbekiston armiyasining afsonasi – birinchi mudofaa vaziri, nafaqadagi general-polkovnik Rustam Ahmedov, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Harbiy aloqa instituti kursantlari hamda Tibbiy akademiya huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti kursantlari, nafaqadagi harbiylar, Yoshlar ittifoqi vakillari, Mirzo Ulug`bek tumanidagi maktabgacha ta`lim muassasasi, «Nezabudki» bolalar raqs jamoasi va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari urush yillaridagi o`z xotiralarini yoshlarga so`zlab berdi. Shuningdek, Afg`on urushi qatnashchilari hamda mustaqillik yillarida mardlarcha halok bo`lgan harbiy xizmatchilarning xotirasi yodga olindi. Yoshlarni Vatanni sevish, uning tinchligi va osoyishtaligini asrash, unga loyiq inson bo`lib etishishga chaqirildi.

Tadbir so`nggida faxriylarga esdalik sovg`alari ulashildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar