Torontolik bir erkak o`z uyida 300 dan ortiq mushuklarni boqishi ma`lum bo`ldi, deya ta`kidlamoqda CTV News nashri.
Mushuklar erkakning uyini butunlay “ishg`ol etishgan”: ular tokcha, mebellar, polni ham egallashgan.
Shaharning jonivorlar nazorati tashkiloti 70 ta mushukka qo`nalg`a topishida yordam berdi. Sterilizasiya jarayonlaridan so`ng baroqvoylar yangi egalariga topshirilgan. Qolgan mushuklar esa hozircha bir tom ostida yashashda davom etishmoqda.






