AsosiyJamiyat

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo`yicha faoliyatni lisenziyalash tartibi tasdiqlandi

'Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo`yicha faoliyatni lisenziyalash tartibi tasdiqlandi'ning rasmi

Davlat xizmatlarini ko`rsatilganligi uchun eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida yig`im undiriladi. Hukumat qarori bilan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo`yicha faoliyatni lisenziyalash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi (381-son, 07.05.2019 y.) Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.

Nizomga muvofiq, lisenziya olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga lisenziya oluvchining o`zi kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro`yxatdan o`tiladi.

So`rovnoma to`ldiriladi hamda unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

• soha bo`yicha ma`lumotga ega bo`lgan muhandislar va loyiha arxitektorlari, bosh hamda etakchi mutaxassislar diplomlari;

• korxonaga ishga qabul qilinganlik to`g`risidagi buyruqlar nusxalari;

• zarur bino-inshoot hamda asbob-uskunalar va inventarning talabgorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari.

Davlat xizmatlarini ko`rsatilganligi uchun eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida yig`im undiriladi.

So`rovnoma to`ldirilganidan so`ng Davlat xizmatlari markazlari bir soatda uni Qurilish vazirligiga yuboradi.

Qurilish vazirligi so`rovnoma tushganidan boshlab 7 ish kunida lisenziya berish uchun hisobvaraq-fakturani lisenziya berishning davlat bojini ko`rsatgan holda Davlat xizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali talabgorga yuboradi.

Talabgor bir oyda davlat bojini to`lashi lozim.

Qurilish vazirligi davlat boji to`langanidan so`ng bir ish kunida lisenziyani elektron shaklda rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoki YaIDXP orqali talabgorga yuboradi.

Davlat xizmatlari markazi lisenziya tushganidan so`ng 10 minutda uni talabgorga yuboradi.

Hujjat haqidagi to`liq ma`lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

    Boshqa yangiliklar