Kuchli yomg`ir Gruziyadagi bir necha qishloqni suvga cho`ktirib yuborayozdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
Mamlakatda kuchli yomg`ir yog`ishi natijasida uch daryo o`z o`zanidan chiqib, uylarning erto`lasini suvga to`ldirgan, bog`lar, uzumzorlarni xarob ahvolga keltirgan.
Qutqaruvchilar tinmay qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishmoqda. Tabiiy ofat natijasida hech kim qurbon bo`lmagan.






