AsosiyJamiyat

Endi "Turon" teatriga davlat muassasasi maqomi berildi

'Endi "Turon" teatriga davlat muassasasi maqomi berildi'ning rasmi

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 maydagi “O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ma`naviyat va ma`rifat markazi huzuridagi “Turon” teatr studiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi qarorda e`lon qilindi.

Qarorga ko`ra, “Turon” teatri “Turon” harbiy teatri davlat muassasasiga aylantirildi vateatrning asosiy vazifalari etib qo`yidagilar belgilandi:

milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi asarlarini, shuningdek, o`zbek xalqining boy madaniyatini, buyuk ajdodlarimiz merosini, urf-odatlarimizni, ota-bobolarimiz hamda zamondoshlarimizning yurt tinchligi va osoyishtaligi yo`lidagi jasoratini madh etuvchi, xalq va armiya birligini, Vatanga muhabbat va harbiy qasamyodga sodiqlikni tarannum etuvchi badiiy asarlarni targ`ib qilish;

o`sib kelayotgan yosh avlodning ma`naviyatini va ularning san`atga bo`lgan qiziqishlarini kuchaytirish, yoshlarga o`zbek milliy teatr san`ati tarixi asoslarini, teatr san`ati yordamida madaniy-ma`rifiy va ijodiy-badiiy sohalarda erishilgan yutuqlarni tanishtirish;

yoshlarning jodiy faolligini rivojlantirish, o`sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, teatr san`atiga yangi usullarni milliy ruhga moslashtirgan holda joriy etish;

o`zida vatanparvarlik, insoniylik va milliylik, buyuk ajdodlarimizning tarixini aks ettirgan spektakllarni namoyish etish;

turli madaniy-ma`rifiy tadbirlar, gastrollar, tanlovlar, taniqli san`at arboblari bilan uchrashuvlar va forumlar, rejissyor va aktyorlar uchun mahorat darslari va o`quv treninglarini tashkil etish, yoshlarga jahon madaniyati va san`atining yorqin namunalarini tanishtirish orqali ularning ma`naviy o`sishiga qo`maklashish;

davlat va jamiyatda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari obro`sini, O`zbekiston Respublikasi fuqarolari o`rtasida harbiy xizmatning jozibadorligini oshirishda ishtirok etish;

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo`shinlari shaxsiy tarkibini Vatanga muhabbat, konstitusion va harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalashga ko`maklashish, harbiy xizmatchilarda yuksak ma`naviy-axloqiy xususiyatlarni shakllantirish va rivojlantirish;

harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolarining ma`naviy ehtiyojlarini qondirish, ularni badiiy ijodga faol jalb qilish.

Yuksak badiiy saviyaga ega spektakllari bilan allaqachon harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari ko`nglidan joy olib ulgurgan “Turon” teatri bu maqomga jamoaning tinimsiz izlanishi va mehnati tufayli sazovor bo`lgani ayniqsa, e`tirofga loyiq.Jamoa bundan buyon ham ijodiy izlanishdan to`xtamay, eng sara asarlarini ommaga taqdim qilishiga ishonchimiz komil. Yuqoridagi qaror bu borada ularga o`ziga xos dasturilamal bo`lib xizmat qiladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar