AsosiyDunyo

“Taxt o`yinlari: Jangdan so`ng” epizodining taxminiy syujeti ma`lum bo`ldi (Video)

'“Taxt o`yinlari: Jangdan so`ng” epizodining taxminiy syujeti ma`lum bo`ldi (Video) 'ning rasmi

NVO telekompaniyasi “Taxt o`yinlari”ning sakkizinchi mavsumining to`rtinchi epizodi bo`lmish “Jangdan so`ng”ning tizerini e`lon qildi, deb xabar berdi Kinopoisk.ru nashri.

To`rtinchi epizodning taxminiy syujeti quyidagicha:

Vinterfell uchun kechgan jang tugadi, ammo Vesteros uchun urush davom etadi. Endi navbat Po`lat taxtga. Yovuz niyatli Serseya Qirollik gavaniga allaqachon joylashib oldi. Ammo shimoldan Deyenerisning lashkarlari asta-sekin u tomon olg`a qadam bosishmoqda.

“Taxt o`yinlari” tobora o`z yakuniga etib bormoqda. Butun dunyoda serial muxlislari “Muz va olov qo`shig`i” asari asosida suratga olingan ushbu fentezining yakuniy qismlarini intiqlik bilan kutishmoqda.

Serialni har kuni millionlab muxlislar Internet tarmog`i orqali tomosha qilishlari ta`kidlanmoqda.

Boshqa yangiliklar