AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Xitoy adliya vazirlari o`zaro uchrashuv o`tkazdilar

'O`zbekiston va Xitoy adliya vazirlari o`zaro uchrashuv o`tkazdilar'ning rasmi

Shu kunlarda XXR Adliya vazirligining delegasiyasi O`zbekistonda tashrifda bo`lib turibdi.

Joriy yilning 1 may kuni O`zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov XXR adliya vaziri Fu Chjenxua rahbarligidagi delegasiya bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda O`zbekiston adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.

Unda tomonlar hamkorlikni kengaytirish va o`zaro tajriba almashishning dolzarb jihatlarini muhokama qildilar. Uchrashuvda mamlakatlarimiz o`rtasidagi ochiq va strategik hamkorlik yil sayin yangi amaliy mazmun bilan boyib borayotgani qayd etildi. O`zbekiston va Xitoy ikki tomonlama asosda ham, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan BMT va ShHT tuzilmalari doirasida ham faol hamkorlik qilmoqda.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Masalan, tashkil etilgan ShHT sammiti va Pekinda bo`lib o`tgan «Bir makon, bir yo`l» xalqaro forumida davlatlarimiz rahbarlari Xitoy va O`zbekiston keng qamrovli sheriklik va ko`p tomonli hamkorlikka katta ahamiyat qaratayotganini qayd etdilar.

Adliya vazirliklari o`rtasida huquqiy masalalar, xususan fuqarolik va oilaviy ishlar bo`yicha yordam ko`rsatish bo`yicha o`zaro hamkorlik qilish ham bundan mustasno emas. Masalan, 1997 yil 11 dekabrda O`zbekiston Respublikasi va XXR o`rtasida imzolangan fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha huquqiy yordam ko`rsatish to`g`risida bitim, 2004 yil 15 iyunda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va XXR Adliya vazirligi o`rtasida imzolangan hamkorlik to`g`risidagi kelishuvlar shular jumlasidandir.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Har ikki mamlakat adliya vazirliklari o`rtasida 2018-2020 yillarda yuridik xizmatlar sohasida hamkorlik qilish bo`yicha amaliy harakatlar rejasi ( «yo`l xaritasi»)ni tasdiqlash to`g`risida kelishuv mavjud. Tomonlarning fikricha, «yo`l xaritasi»da belgilangan vazifalarni amalga oshirilishini jadalllashtirish vazirliklar o`rtasidagi hamkorlikni kengaytirish imkonini beradi. Tomonlar vakillarining yuridik xizmatlarga doir qo`shma tadbirlarda ishtirok etishi, O`zbekistonda etakchi advokatlik firmalarining vakolatxonalarining ochish, notariat faoliyatiga AKTni joriy etish orqali O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga texnik yordam ko`rsatish mazkur vazifalardandir. XXR delegasiyasi mazkur yo`nalishlarda hamkorlik qilishni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

O`zbekistton Respublikasi Adliya vaziri mehmonlarni Harakatlar strategiyasi doirasida sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jamiyatda qonun ustuvorligini ta`minlash, qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirish, fuqarolarga sifatli yuridik xizmatlar ko`rsatishda Adliya vazirligining faoliyati va roli bilan tanishtirdi. Poytaxtimizda joriy yilning 25—27 aprel kunlari bo`lib o`tgan «Tashkent Law Spring» xalqaro yuridik forumida xitoylik hamkasblarning faol qatnashgani alohida qayd etildi. Unda XXR yuridik kompaniyalar va ta`lim muassasalarining vakillik delegasiyalari ishtirok etishdi.

Xitoy Adliya vaziri mazkur idora faoliyati, so`nggi yillarda unda amalga oshirilgan o`zgarishlar, uning qonun ijodkorligida ilmiylik, huquqni qo`llashda ma`muriy, jinoiy hukmlar ijrosini ta`minlashdagi funksiyalari va vakolatlarining kengaytirilgani haqida so`zlab berdi. O`tgan yili aholiga huquqiy xizmat ko`rsatish bo`yicha Xitoy yuridik ishga tushrilganyu bu vaqt mobaynida 160 million nafardan ortiq fuqaro mazkur saytga tashrif buyurgan.

So`nggi ikki yil mobaynida O`zbekiston Adliya vazirligi faoliyatida ham tub o`zgarishlar ro`y berdi. Tomonlar qo`shma «yo`l xaritasi»ni qayta ko`rib chiqishni, unga qonun ustuvorligini ta`minlash, samarali huquqni qo`llash, O`zbekiston va Xitoy aholisiga sifatli huquqiy xizmat ko`rsatish sohalari bo`yicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo`yicha yangi loyihalar kiritishni taklif etdilar.

Uchrashuv yakunida aloqalar va amaliy hamkorlikni ikki vazirlik darajasida jadallashtirish, jumladan qonun ijodkorligi faoliyati, XXR ning mamlakatimiz huquqi bo`yicha faoliyat yuritayotgan investisiyaviy loyihalari va tadbirkorlariga huquqiy hamrohlik qilish sohalarida muloqotni yo`lga qo`yish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Tomonlarning fikricha, bu borada ulkan imkoniyatlar mavjud. O`zbekiston va Xitoy Adliya vazirliklari qisqa vaqt ichida Xitoy biznesi vakillarining bepul huquqiy xizmat ko`rsatish markazini ochish masalasini ishlab chiqishni ko`rib chiqishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, O`zbekiston Advokatlar palatasi va Umumxitoy advokatlar uyushmasi o`rtasidag hamkorlikni rivojlantirish ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar