O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori ijrosi doirasida Bojxona institutida qator ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar o`tkazilib kelinmoqda.
Institut kursantlarini milliy va jahon klassik adabiyotlarini o`rganishga yo`naltirish, yozuvchi va shoirlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar tashkil qilish, kursantlar orasida turli mavzudagi tanlovlar o`tkazishga qaratilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar shular jumlasidandir.
Ayniqsa O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy kechalar tashkil etilib kitob o`qishning shaxs kamolotidagi o`rni, kitob insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli va davlatli bo`lishining muhim omili ekanligi e`tirof etilmoqda.
Shu kabi tadbirlardan biri “Yangi asr avlodi” nashriyoti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Xodimlar va kursantlar o`rtasida kitobxonlik madaniyatini va kitob mutolaasiga bo`lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
O`zbek va jahon adabiyotiga oid yangi nashr etilgan asarlar yarmarkasida institutning professor o`qituvchilariva kursantlar faol ishtirok etib, o`zlariga manzur bo`lgan asarlarni xarid qilishdi.






