Kembrij universiteti oliy o`quv yurti so`nggi bir necha asr davomida qulfurushlik natijasidan bevosita yoki bilvosita ulush olganligini aniqlash borasida ikki yillik ichki tergov o`tkazadi, deb xabar qilmoqda TASS nashri.
Tergov-surishtiruv ishlari uchun Kembrij universitetining Afrika tadqiqotlari markazi ikki muxtor xodimi mas`uldir. Tergov-surishtiruv natijalari esa sakkiz kishidan iborat komissiya tomonidan ko`rib chiqiladi. Asosiy maqsad – bundan ancha yillar avval universitet Shimoliy Amerikada quldorchilik savdosidan daromad olgan shaxslardan moliyaviy yordam olib turganmi-yo`qmi, shuni aniqlashdir.
Qolaversa, tergov davomida Kembrij universiteti professorlarining ishlari irqiy stereotiplarga qanchalik ta`sir etgani ham o`rganiladi.






