Joriy yilning 29 aprelida Investisiyalar va tashqi savdo vaziri boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi, unda “Termiz Cargo Centre” xalqaro logistika markazining infratuzilmasi, shuningdek, rahbariyatning ko`rsatmalari bajarilishi holati yuzasidan O`zbekiston va Afg`oniston o`rtasida uzluksiz savdo-sotiqni yo`lga qo`yish bo`yicha eng qulay shart-sharoitlar yaratish o`rganib chiqildi.

Tashrif doirasida ma`muriy-texnika binolari, mahalliy eksportga yo`naltirilgan mahsulotlar, logistika kompaniyalari ofislari, bojxona va soliq organlari idoralari, ixtisoslashtirilgan idoralar stendlari, davlat va xususiy ishlab chiqarish korxonalari tekshirildi. Ob`ektlarning holatini baholash natijalariga ko`ra, tezkorlik bilan bajarish uchun ko`rsatmalar berildi. Afg`onistonlik tadbirkorlarning hamkorlikdagi ishtirokini kengaytirishga, shuningdek, Markaz ishini tashkil etishda tashkiliy va texnik masalalarni hal etishga alohida e`tibor qaratildi.






