Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda mamlakatimizning turizm salohiyatini targ`ib qilish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlardan xalqni boxabar qilish maqdsadida har bir tumanda uchtadan kam bo`lmagan joylarda, shaharlarning esa beshdan ortiq hududlarida O`zbekistonning sayyohlik salohiyatini aks ettiruvchi tashqi reklamalar joylashtirildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi rasmiy saytida xabar berildi.

Bu esa o`z navbatida barchamizni kelgusida O`zbekistonning yangi turizm turlari bo`yicha betakror yurtimiz bo`ylab sayohat qilishimizga, o`zimiz uchun O`zbekistonni qayta kashf etishimizga xizmat qilishiga ishonamiz.







