AsosiyDunyo

Angliya premer-ligasi tarixidagi eng tez gol qayd etildi (Video)

'Angliya premer-ligasi tarixidagi eng tez gol qayd etildi (Video) 'ning rasmi

Irlandiyalik hujumchi Angliya premer-ligasi tarixidagi eng tez golni urdi, deya ma`lum qildi Layf nashri.

“Sautgempton” futbol klubi hujumchisi Sheyn Long Angliya chempionatining 31-turida “Uotford”ga qarshi kechgan matchning ettinchi soniyasida raqib darvozasini ishg`ol qildi.

Ushbu gol Angliya Angliya premer-ligasi tarixidagi eng tez gol bo`ldi. Bundan oldingi rekord esa “Bredford”ga “Tottenxem” futbolchisi Ledli King tomonidan matchning to`qqizinchi soniyasida kiritilgan gol hisoblangan.

Boshqa yangiliklar