AsosiyJamiyat

“Boysun bahori”iste`dodli xalq baxshiarini kashf etdi

'“Boysun bahori”iste`dodli xalq baxshiarini kashf etdi'ning rasmi

Bugun “Boysun bahori” fesivali ishiga yakun yasaldi. Ushbu keng qamrovli tadbir elimizning o`ziga xos xalq ijodiyoti, folklor musiqasi va og`zaki poetik ijodi bilan uyg`unashib, ajib bir qiyofada namoyon bo`luvchi o`zbek milliy timsolini yaratib berdi.

Bizning turli viloyatlarimiz bir-birini takrorlamaydigan o`ziga xos milliy liboslar, qadimiy marosim va urf-odatlar hamda xalq o`yinlariga ega. Birgina Boysunning turk, qo`ng`irot, qatag`on, chag`atoyi, qarluq, durman, juz, xardur, barlos kabi etnik guruhlarining qadimiy an`analari bu erning madaniy muhiti, aholining turmush tarzi bilan chambarchas bog`langan holda o`zgarishsiz saqlanib qolgan.

Boysun madaniy muhiti YuNESKOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro`yxatiga kiritilgan. “Boysun bahori” folklor musiqa fes­tivali o`tkazila boshlagandan buyon uning doirasida ellikka yaqin yodgorliklar aniqlandi. Ko`plab tarixchi, arxeolog, etnograf, filolog va san`atshunos olimlar hamda hunarmandlar xalq tarixi va madaniyatini o`rganishga hissa qo`shmoqdalar.

Aytish joizki, bu festival qariyb 10 yildan beri o`tkazilmay to`xtab qolgan edi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan“Boysun bahori”folklor festivali yana qayta tiklandi.

Festival doirasida milliy xalq o`yinlari va san`atkor baxshilarning dasturlari ham namoyish etildi. Jumladan xalqaro festivallarda ishtirok etib kelayotgan Qoraqalpog`iston Respublikasining “Afsona”, Andijon viloyatining “Sayqal”, Buxoro viloyatining“Saxro sabolari”, Jizzax viloyatining “Gashtak”, Navoiy viloyatining“Yor-Yor”, Namangan viloyatining “Yallama-yorim”, Samarqand viloyatining “Chinor”, Sirdaryo viloyatining “Sayhun yigitlari”, Surxondaryo viloyatining “Boysun”, Toshkent viloyatining “To`rg`ay”, Toshkent shahrining “Buvijonlarim”, Xorazm viloyatining “Mash`al”, Farg`ona viloyatining “Shodiyona”, Qashqadaryo viloyatining “Zanjir saroy” kabi eng namunali folklor jamoalari o`zlarining musiqali dasturlarini namoyish etishdi.

Festivalda belgilangan mezon asosida eng yaxshi deb topilgan jamoalarga sovrinli o`rinlar va rag`batlantiruvchi diplomlar topshrildi.

Birinchi o`rin Xorazm va Surxondaryo jamoalariga berildi. Cirdaryo viloyati va Qoraqalpog`iston Respublikasi jamoalari ikkinchi va Toshkent viloyati, Farg`ona va Namangan guruhlari uchinchi o`ringa sazovor bo`lishdi. Xorijiy mehmonlardan festivaldafaol qatnashgan afg`onistonlik baxshilar rag`batlantiruvchi mukofotni qo`lga kiritdilar. Umuman tadbirda yaxshi natija ko`rsatgan barcha ishtirokchilarga rahbatlantiruvchi mukofotlar berildi.

O`ylaymizki, folklor qo`shiqlar ijrochilarining “Boysun bahori”festivali kedgusida ham muntazam ravishda o`tkaziladi va yangi-yangi iste`dodlarni kashf etishga hissa qo`shadi.

Manzura BEKJONOVA

    Boshqa yangiliklar