AsosiyDunyo

Eng ishonchsiz parollar ma`lum qilindi

'Eng ishonchsiz parollar ma`lum qilindi 'ning rasmi

Britaniya milliy kiberxafvsizlik markazi eng ishonchsiz parollarni ma`lum qildi, deb xabar qilmoqda Day.Az nashri.

Eng ishonchsiz parol “123456” bo`lib chiqdi, undan 23,2 million britaniyalik foydalanar ekan. Undan keyin esa “123456789”, “qwerty”, “password” va “1111111” parollari o`rin olgan.

Shuningdek, britaniyaliklar ko`pincha o`z ismlari, futbol klublari nomlari, musiqiy guruhlar nomlarini parol sifatida qo`llashar ekan.

Ekspertlarning ogohlantirishiga qaramay, ko`pchilik “123456” parolidan foydalanib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar