AsosiyDunyo

Futbolchi match paytida havodagi qushni urib tushirdi (Video)

'Futbolchi match paytida havodagi qushni urib tushirdi (Video) 'ning rasmi

Yaroslavskning “Shinnik” futbol klubi yarim himoyachisi Valeriy Sxovrebov match paytida havodagi qushni urib tushirdi, deb xabar qildi Iz.ru nashri.

Hodisa Milliy futbol ligasining “Shinnik”-“Tyumen” matchida ro`y bergan.

Sxovrebov to`pni zarb bilan tepgach, to`p to`g`ri borib qushga tegadi. Qush maydon chetiga qulaydi. Ammo biroz vaqtdan so`ng o`ziga kelib, yana uchib ketadi.

Match esa 1:0 hisobida “Shinnik” foydasiga hal bo`lgan. Yagona golni ham Sxovrebov kiritgan.

Boshqa yangiliklar