AsosiyDunyo

Shri-Lankada 200 ta detonator yashirilgan omborxona topildi

'Shri-Lankada 200 ta detonator yashirilgan omborxona topildi'ning rasmi

Shri-Lanka polisiyasi xodimlari mamlakatning markaziy qismida 200 ta detonator yashirilgan omborxona topishdi, deya ma`lum qildi RIA Novosti nashri.

Portlovchi qurilmalarning detonatorlari Nuvara-Eliya shahridan topilgan.

Shuningdek, poytaxt hududida uch kishi 21 ta granata saqlagani uchun qo`lga olingan.

Shri-Lankada xavfsizlik muhiti so`nggi haftada keskin yomonlashgan. Sakkizta portlash oqibatida qariyb 360 kishi halok bo`lgan, yana 520 kishi yaralangan. Ushbu terrorchilik harakatlari uchun javobgarlikni “IShID” radikal tashkiloti o`z zimmasiga olmoqda.

    Boshqa yangiliklar