AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniya hamda Fransiyaga rasmiy tashrif bilan borishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda NTV.ru nashri.
Oq uy tomonidan berilgan bayonotga ko`ra, safar joriy yilning 3-6 iyun kunlariga belgilangan. Tramp Britaniyada qirolicha Elizaveta II bilan uchrashadi. Shundan so`ng Fransiyada prezident Emmanuel Makron bilan uchrashib, iqtisodiyot hamda xavfsizlik sohasida yaqin hamkorlikni mustahkamlash bo`yicha muzokaralar o`tkazishi rejalashtirilgan. AQSh etkachisining Evropa mamlakatlariga tashrifi mezbon davlat rahbarlarining taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.






