AsosiyDunyo

Birovning uyiga adashib kirgan piyonista o`sha erda ovqat tayyorlab uxlab qoldi

'Birovning uyiga adashib  kirgan piyonista o`sha erda ovqat tayyorlab uxlab qoldi'ning rasmi

Shotlandiyaning Glazgo shahrida bir mast odam birovning uyiga adashib kirib, o`sha erda uxlab qoldi, deya ma`lum qilmoqda The Daily Record nashri.

Birovning uyiga kirgan mast odam u erda o`ziga ugra tayyorlaydi va uxlab qoladi. Ertalab xonadon sohiblari kelib, uni so`roqqa tutishganda, notanish kishi o`z uyida ekanini ma`lum qiladi.

Keyinroq vaziyat oydinlashgach, mast kishi taksiga o`tirgan va o`z ko`chasiga kelganda uyini boshqa birovniki bilan adashtirib yuborgan.

Shunga qaramay, xonadon sohiblari chaqirilmagan mehmonga yaxshi muomala qilib, izzatini joyiga qo`yishgan. Notanish kishi esa ularning mehmondo`stligi uchun minnatdorlik bildirgan.

    Boshqa yangiliklar