Germaniyada XIV asrga tegishli tangalar xazinasi topildi, deb xabar berdi Deutsche Welle nashri.
Aslida tangalarni Elvangen shahri atrofida ikki erkak askarlar aslahalarini qidirayotib topib olshigan ekan. Ammo ular uzoq vaqt ushbu topilmani yashirib kelishadi. Shunga qaramay, ulardan biri baribir xazina haqida hukumatga ma`lumot beradi. Ikkovlon bu haqda o`z vaqtida xabar qilmaganlari uchun jarima to`lashlariga to`g`ri keldi, xayriyatki, jinoiy javobgarlikdan qutulib qolishdi.
Tangalarning eng qadimiysi 1280 yilda zarb etilgani ta`kidlanmoqda.






