AsosiyJamiyat

Ziyorat turizmi - xorijiy ziyoratchilar nigohida: "Al-Jazira" telekanalining turkum ko`rsatuvlari O`zbekistonga bag`ishlanmoqda

' Ziyorat turizmi - xorijiy ziyoratchilar nigohida: "Al-Jazira" telekanalining turkum ko`rsatuvlari O`zbekistonga bag`ishlanmoqda'ning rasmi

O`zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini dunyo bo`ylab keng targ`ib qilish maqsadida musulmon olamida yuqori nufuzga hamda ko`p sonli tomoshabinlarga ega bo`lgan “Al-Jazira” telekanalining bir guruh ijodiy jamoasi 2019 yil 21-23 fevral kunlari Buxoro shahrida bo`lib o`tgan Birinchi Xalqaro ziyorat turizmi forumiga taklif etilgan edi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish rasmiy saytida ma`lum qilingan.

Ushbu ijodiy guruh tashrifi davomida O`zbekistonning turizm salohiyatini keng targ`ib qilish maqsadida Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg`ona va Toshkent viloyatlarida tasvirga olish ishlarini olib borgan edi.


Joriy yil 14 apreldan boshlab ushbu telekanalning arab tilidagi efiri orqali “O`zbekiston” nomli ko`rsatuv namoyish etila boshlandi. 14 aprel kungi taqdim etilgan birinchi sonidan Toshkendagi Hazrati Imom majmuasi va Mushafi Usmon, Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi, Buxorodagi Mir Arab madrasasi, Bahouddin Naqshband yodgorligi hamda ushbu shaharda o`tkazilgan Birinchi Xalqaro ziyorat turizmi forumidan tayyorlangan lavhalar joy olgan.


Ushbu ko`rsatuv yakshanba kuni 6 marta efirga uzatildi hamda “Al-Jazira”ning ijtimoiy tarmoqlariga ham joylashtirilgan. Minglab ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari tomonidan tomosha qilingan mazkur ko`rsatuvga bir kun mobaynida 150 dan ortiq izohlar qoldirilgan, yurtimiz haqida iliq fikrlar bildirilgan.



    Boshqa yangiliklar