Amerikaning Tolido shahrida oziq-ovqat do`koni sohibi och qolgan o`g`rini siyladi, deya xabar bermoqda WPVI-TV axborot resursi.
Do`kon sohibi Jitendra Singh (Jitendra "Jay" Singh) peshtaxta atrofida cho`ntagiga oziq-ovqat mahsulotlarini yashirib olgan o`smirni payqab qoladi. Shundan so`ng Jitendra yigitchadan o`g`irlik qilganini tan olishini so`raydi.
“Men ochman. Men o`zim va ukalarim uchun o`g`irlik qildim”, deydi yigitcha. Singh polisiya chaqirmadi. Buning o`rniga yigitchaga tovuq go`shti, sosiska, pissa va ikki litr toza suv berib, uni qo`yib yubordi.






