Joriy yil oxirida Polshada dunyodagi eng katta hovuz ochiladi, deb xabar qildi CNN nashri.
Ushbu hovuz chuqurligi 45 metrga etadi.
Hovuz mahoratli akvalangchilarga mo`ljallangan bo`lib, unga sakkiz ming kubometr suv sig`adi.
Hovuzning o`ziga xos tarafi shundaki, uning ichida qiziquvchilar uchun maxsus tonnel o`tkazilgan.






