AsosiyJamiyat

Chet el ommaviy axborot vositalari O`zbekiston haqida nima deydi?

'Chet el ommaviy axborot vositalari O`zbekiston haqida nima deydi?'ning rasmi

O`zbekistonning turistik salohiyatini oshirishga katta e`tibor qaratilayotgan hozirgi paytda chet el OAVda yurtimizning sayyohlik salohiyatini targ`ib etivchi maqola va materiallarnig chop etilishi quvonarlidir.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi rasmiy saytining xabar berishicha, mamlakatimizning turistik salohiyatini dunyoga tanitayotgan bu kabi maqolalarda, asosan, O`zbekistonda ko`plab xorijiy davlatlar fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilganligi hamda vizaga oid yangiliklarga urg`u berilgan.

Masalan, “Qo`shma viza rejasi Qozog`iston va O`zbekiston uchun eshiklarni ochadi” nomli maqolada Qozog`iston va O`zbekiston sayyohlarga bir mamlakatdan boshqasiga erkin sayohat qilish imkonini beradigan qo`shma "Silk Visa" ni joriy etish rejalashtirganligi va bu reja boshqa davlatlar orasida katta qiziqish uyg`otgani aytib o`tilgan.

Fransiyada chop etilgan “Turizm: O`zbekiston 45 davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy qildi” deb nomlanuvchi maqolada esa Evropa Ittifoqi fuqarolaridan fransuzlar va nemislar birinchi bo`lib O`zbekistonda joriy etilgan vizasiz rejimdan foydalanishdi, deyiladi.


BAAlik sayyohlar O`zbekistonga kirish vizasidan ozod etilishiga bag`ipshlangan bir qator maqolalarda BAA Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligining konsullik xizmati boshqarma boshlig`i Badr Al-Avadiy shunday so`zlari keltirilgan: "O`zbekiston hukumatining BAA fuqarolarini kirish vizasidan ozod qilish tashabbusi Amirlik diplomatiyasining muhim yutug`idir".

Albatta, vizasiz rejimning joriy etilishi yurtimizga xorijlik sayyohlar oqimini ko`paytirishga xizmat qiladi. "FlyDubai" avikompaniyasining Dubay va Toshkent o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri parvozlarni yo`lga qo`yishi esa buni yanada rag`batlantiradi.

Bu boradagi barcha tafsilotlar “ FlyDubai O`zbekistonga parvozlarning ochilishini Toshkentda nishonlamoqda” maqolasida batafsil yoritib berilgan.

Shuningdek,“O`zbekistonda yashash qiymati” nomli maqolada sayyohlar uchun zarur barcha mahsulotlarning yurtimizdagi narxlari jadval ko`rinishida o`z aksini topgan.

Bu kabi maqolar va yangiliklar, albatta, sayyohlarni yurtimizdagi qulayliklar haqida xabardor qilib, ularni ikkilanmasdan O`zbekistonga sayohat qilishga undaydi, deb umid qilamiz.


    Boshqa yangiliklar