Avstraliyalik o`qituvchi energetik ichimliklarga qaramligi tufayli tilini kuydirib oldi, deya xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Den Royals (Dan Royals) bir kunda besh-oltita energetik ichimliklarni iste`mol qilar edi. Natijada esa ichimlik uning tilini kuydirib tashladi.
Den chekishini ham tan oldi. Ammo bu tiliga ta`sir etmagan deb hisoblamoqda. “Men og`iz bo`shlig`im tozaligiga e`tibor beraman, ammo tilimni energetiklar shu holatga keltirdi. Endi esa tilimga qarang, bir tasavvur qilib ko`ring – ichki organlarimni qanday ahvolga soldi ekan?”, – deydi Royals.






