Xitoyda 30 000 tonnali avtovokzal boshqa joyga ko`chirildi, deya xabar berdi Rai77.com nashri.
Syamin shahri, Szimey tumanida qurilgan Houxi avtobus vokzali bir ko`chadan ikkinchi ko`chaga ko`chirildi.
Uch er usti va ikki er osti qavatiga ega avtobus terminali 288 metrga siljitilgan. Uzunligi 162 metr, eni 33,6 metr bo`lgan bino Eyfel minorasi vaznidan to`rt barobar og`irdir. Uni boshqa joyga ko`chirishdan maqsad katta tezlikda harakatlanuvchi temiryo`l poezdlari uchun yo`l ochishdir.






