Portugaliyalik kanoeda eshkak eshuvchi Katarina Sekeyra o`limidan ikki oy o`tib farzand dunyoga keltirdi, deb xabar qilmoqda The Sunnashri.
26 yoshli sportchi homiladorlikning 19-haftasida kuchli astma xuruji tufayli shifoxonaga yotqiziladi. Uni koma holatiga tushirishadi, ammo bir necha haftadan so`ng vrachlar uning miyasi o`lik holatda ekanini ma`lum qilishadi.
Homiladorlikning 32-haftasida shifokorlar Katarinaning qornini yorib, bolani olishga majbur bo`lishadi. Farzand dunyoga kelgach esa Seykeradan tiriklikni ta`minlash sistemasi uziladi. O`g`il farzand 1,7 kilogramm holatda tug`ilgan.






