Eynshteynning “Gitlerning aqlsizligi” haqidagi xatlari sotildi, deya xabar qildi Day.Az nashri.
Albert Eynshteynga tegishli “Gitlerning aqlsizliklari”, nisbiylik nazariyasi kabi mavzular ko`tarilgan xatlar AQShda Nate D. Sanders kimoshdi savdosida sotildi.
1939 yili olim yozgan xat 134 ming dollar deb baholandi.
Kimoshdi savdosida Eynshteynning beshta eng yaxshi xatlari sotilib, ularning uchtasida olim Gitlerning hokimiyat tepasiga kelgandagi davrlarga o`z fikrini bildiradi.






