AsosiyJamiyat

​Soliqlar nimalarga sarflanishidan xabardormisiz?

'​Soliqlar nimalarga sarflanishidan xabardormisiz?'ning rasmi

Buyuk bobokalonimiz Amir Temur o`z hukmronligi davrida davlat rivoji uchun muhim bo`lgan soliq siyosatini ishlab chiqishi butun mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilgan. Davlat soliq qo`mitasi buyuk sarkarda tavallud topgan sana arafasida#Mensoliqto`lovchiman - #Yanalogoplatelshik shiori ostida aksiya tashkil etmoqda.

Aksiya doirasida davlat soliq organlari xodimlari yoshlarga soliqlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so`zlab beradilar.

Tadbir 8 aprel kuni Shahrisabz shahrida, 9 aprel kuni Samarqand shahrida, 11 aprel kuni Toshkent shahrida o`tkaziladi.

Aksiya Davlat soliq qo`mitasining “Facebook”dagi rasmiy sahifasida to`g`ridan-to`g`ri namoyish etiladi va yangiliklarni biz bilan kuzatishda davom eting!

Tadbirga aksiyada ishtirok etish istagidagi barcha yoshlarni taklif etib qolamiz!

DSQ Matbuot xizmati


    Boshqa yangiliklar