AsosiyDunyo

Dunyoda ilk marotaba Internet orqali miya operasiyasi o`tkazildi

'Dunyoda ilk marotaba Internet orqali miya operasiyasi o`tkazildi 'ning rasmi

Dunyoda ilk bor Internet orqali miya operasiyasi o`tkazildi, deb xabar qilmoqda Layf nashri.

5G-tarmog`i tibbiyotgacha etib bordi.

16 mart kuni Xitoyning Sanya shahrida jarroh 3 ming kilometr olisda turib, bemorning miyasiga chip o`rnatdi.

Operasiyani doktor Ling Jipey o`tkazdi. U operasiya palatasidagi ekranga Internet tarmog`i orqali ulanib, operasiyani amalga oshirdi. Parkinson kasalligi mavjudligini aniqlab beradigan chipni Ling olisdan turib bemorning miyasiga o`rnatdi.

Aloqa uchun 5G-texnologiyasi bilan ishlovchi mobil internetdan foydalanildi.

    Boshqa yangiliklar