Xitoyda bir erkakni kobra chaqib o`ldirdi, deya xabar bermoqda Asia Times portali.
Pan familiyasidagi erkak ilonni qo`liga olib suratga tushmoqchi bo`lgan. Voqea Xaynan provinsiyasining Tunchxan uezdida bo`lib o`tgan.
Pan ilonning oyog`i bilan dumini bosgan. Ko`p o`tmay ilon uni chaqib olgan. Pan erga yiqilib, qaltiray boshlagan. Guvohlar darhol tez tibbiy yordamni chaqirishgan. Ammo tez yordam xodimlari etib kelguncha Panning joni uzilgan.






