AsosiyJamiyat

“Mersedes benz”ga viskilar yashirilgan ekan

'“Mersedes benz”ga viskilar yashirilgan ekan'ning rasmi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan “Sirdaryo” chegara bojxona postida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan xamkorlikdatezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbir davomida qo`shni mamlakatdan harakatlanib kelayotgan fuqaro B.B. boshqaruvidagi “Mersedes benz” rusumli avtomashina bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Natijada, avtomashinada bojxonachilarning og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan va bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan umumiy qiymati 36 million so`mlik, sig`imi 1 litrlik idishlardagi 36 dona viskilar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar